O'zbekiston Superkubogi-2014 chiptalari sotuvga chiqdi

Narzulla Saydullayev
5 mar 2014, 12:40
Lokomotiv va Bunyodkor jamoalari o'rtasida 7 mart kuni Jar stadionida bo'lib o'tadigan 2014 yilgi O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqdi.
O'zbekiston Superkubogi uchrashuvining 1-toifali chiptalari 5 ming so'mdan, SIP toifasidagi chiptalari esa 8 ming so'mdan sotiladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi 7 mart, juma kuni Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi. 6 mart kuni har ikkala jamoa bosh murabbiylari va futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi.

2014 yilgi O'zbekiston Superkubogi uchrashuvini Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz