O'zbekiston - Qirg'iziston uchrashuvi SPORT telekanalida namoyish etilmaydi

Narzulla Saydullayev
4 noya 2019, 14:47
9 noyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iziston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Sport telekanali vakillari mazkur bahs namoyish etilmasligini ma'lum qilishdi. Bu holatni "O'zbekiston terma jamoasining istagi" deb izohlashdi. 

Demak o'yinni tomosha qilishni istasangiz "Paxtakor" stadioniga keling va terma jamoamizni qo'llab-quvvatlang. Uchrashuv 9 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi va soat 17:00da boshlanadi. 

O'zbekiston – Qirg'iziston uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqqan. Endilikda ishqibozlar vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar harid qilish imkoniga ega.  Ayni paytda muxlislar O'zbekiston – Qirg'iziston uchrashuvi chiptalarini iticket.uz saytida 3 xil toifada harid qilishlari mumkin:

1-toifa – 5 000 so'm;

2-toifa – 10 000 so'm;

CIP – 35 000 so'm.

Chipta bo'yicha batafsil ma'lumotni iticket.uz saytidan olishingiz mumkin.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia