O'zbekiston OTJ Ispaniyaga jo'nab ketdi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2019, 09:22
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu kunlarda Toshkentda yig'in olib borayotgani haqida xabar berib o'tgandik.

Bugun erta tongda Lyubinko Drulovich boshchiligidagi terma jamoamiz a'zolari yig'inni davom ettirish uchun Ispaniyaga yo'l olishdi.

San-Pedro-del-Pinatar shahridagi yig'in davomida terma jamoamiz 3ta nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
 
Jumladan, 16 fevral kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari Avstriyaning "VSG Vattens" klubiga qarshi o'yin o'tkazishadi. 19 fevralda esa "Real Mursiya A" jamoasi bilan kuch sinashishadi. 21 fevralda esa "Lokomotiv Tbilisi" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.
 
16 fevral
O'zbekiston OTJ - "VSG Vattens"
 
19 fevral
O'zbekiston OTJ - "Real Mursiya A"
 
21 fevral
O'zbekiston OTJ - "Lokomotiv" Tbilisi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz