O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Slovakiyadagi xalqaro turnirga boradigan tarkibi e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
19 avg 2015, 12:54
Kelasi yilning yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 28 avgustdan 9 sentyabrga qadar Slovakiyada bo'lib o'tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi.

Viktor Jalilov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi 27 avgust kuni Toshkentda yig'iladi va 28 avgustda Slovakiyaga uchib ketadi. Ushbu turnirda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Slovakiya, Saudiya Arabistoni, Iordaniya hamda Birlashgan Arab Amirliklari olimpiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

O'zbekiston U-23 murabbiylar shtabi ushbu musobaqaga boradigan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi.

Shuni ham qo'shimcha qilish kerakki, Osiyo Chempionati U-23 final bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi sentyabr oyida bo'lib o'tadi.

Quyida olimpiya terma jamoasining Slovakiyadagi xalqaro turnirda qatnashadigan tarkibini keltirib o'tamiz.

Darvozabonlar

#  
Ism-sharifiTug'ilgan yili   
Klubi
1Akmal Tursunboev1993“Paxtakor”  
2Abdumavlon Abdujalilov  
1994“Neftchi”

Himoyachilar

3   
Sardor Rahmonov1994                
“Neftchi”
4Boburbek Yo'ldoshev1993“Lokomotiv”
5Doston Tursunov1995“Neftchi”
6Javlon Mirabdullaev1994“Metallurg”
7Akromjon Komilov1996“Bunyodkor”
8Maksimilian Fomin1993“Buxoro”
9Sirojiddin Raxmatullaev  
1993“Mashal”

 Yarim himoyachilar

10 
Diyorjon Turopov1994               
“Olmaliq”
11Otabek Shukurov1996“Buxoro”
12Jahongir Abdumo'minov1993“Olmaliq”
13Nikita Pavlenko1994“Olmaliq”
14Jaloliddin Masharipov      
1993“Paxtakor”
15Murod Rajabov1995“Sho'rtan”
16Ikrom Aliboev1994“Lokomotiv”
17Quvondiq Ro'ziev1994“Qo'qon-1992”
18Doston Hamdamov1996“Bunyodkor”
19Timur Hakimov1994“Oqtepa”

 Hujumchilar

20  
Jasur Hakimov1994               
“Sug'diyona” 
21Shoxrux Dostonov1993“Mashal”
22Murodbek Bobojonov            
1993“Neftchi”
23Zabixullo O'rinboev1995“Bunyodkor”

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com