O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Eronga qarshi 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
6 avg 2019, 18:57
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi poytaxtimizda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etadi.

Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi jamoamiz 28 avgust sanasidan e'tiboran yig'inga kirishadi va rejaga ko'ra 10 sentyabrga qadar Toshkentda mashg'ulotlar olib boradi.

Mazkur yig'in doirasida 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi ham ko'zda tutilgan. Har ikki uchrashuvda ham olimpiyachilarimizga Eron olimpiya terma jamoasi raqiblik qiladi.

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Eronga qarshi o'rtoqlik o'yinlari 6 va 9 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz