

Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz "Paxtakor" stadionida yig'ildi. Oldin e'lon qilingan ro'yxatda bo'lgan Ignatiy Nesterov jarohati bois Urugvayga bormasligi haqida xabar bergandik. Uning o'rnini "Nasaf"ning yosh posboni Umidjon Ergashev egalladi. Shuningdek, Islom To'xtaxo'jaev va Javlon Ibrohimovning o'rniga Ikrom Aliboev va Islom Qobilov chaqirildi.
Terma jamoa murabbiylar shtabida Viktor Karpenko ish boshladi. U Kapdzega yordamchi sifatida Urugvayga boradi.
Bugungi mashg'ulotda 22 nafar futbolchi qatnashdi. Shuhrat Muhammadiev bugun kechqurun terma jamoa ixtiyoriga yetib keladi. Ertaga, 2 iyun kuni tongda O'zbekiston terma jamoasi Toshkent - Istanbul - Madrid - Montevideo yo'nalishi bo'yicha Urugvayga uchib ketadi.
Darvozabonlar:
Ergashev Botirali - “Navbahor”
Ergashev Umidjon - Nasaf
Suyunov Eldor - Paxtakor
Himoyachilar:
Ashurmatov Rustamjon - Bunyodkor
Shixov Sanat - Buxoro
Komilov Akramjon - Bunyodkor
Tursunov Dostonbek - “Neftchi”
Qobilov Islom - Bunyodkor
A'zamov Sherzod - Paxtakor
Muhammadiev Shuhrat - Lokomotiv
Otaxonov Abbosjon - Metallurg
Yarim himoyachilar:
Hamrobekov Odiljon - Nasaf
G'aniev Azizjon - Nasaf
Sidiqov Javohir - Qo'qon-1912
Turg'unboev Azizbek - Navbahor
Yaxshiboev Jasur - Paxtakor
Masharipov Jaloliddin - Paxtakor
Ikrom Aliboev - Lokomotiv
Kenjaboev Islom - Nasaf
G'iyosov Xurshid - Bunyodkor
Sobirxodjaev Sardor - Bunyodkor
Hujumchilar:
O'rinboev Zabihillo - “Metallurg”
Abdixoliqov Bobir - Nasaf









