O'zbekiston MTJ bugun Singapurga uchishdan oldingi so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
13 okt 2019
Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Singapurga uchib ketadi.

Bugun Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazdi. Ushbu mashg'ulotda oldinroq xabar berilganidek 22 nafar futbolchi qatnashdi. Darvozabon Abdumavlon Abdujalilov va murabbiy Timur Kapadze o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etish uchun bugun Singapurga uchib kyetishdi. Ertaga terma jamoamiz charter reys bilan to'g'ri Singapurga uchib boradi. 




Mashg'ulotlardan to'liq galereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA


foto: Jahongir Fayzullaev




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia