O'zbekiston MTJ a'zosi jarohat oldi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2026, 11:16
O'zbekiston milliy terma jamoasi legioneri o'z klubi safida jarohat oldi.

BAAning "Dibba Al Fujayra" klubi sharafini himoya qilayotgan o'zbekistonlik futbolchi Abdulla Abdullaev 7 fevraldan buyon maydonga tushgani yo'q. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Abdullaev jarohat olib taxminan 1,5 oy muddatga safdan chiqqan. 

"Dibba Al Fujayra" 21 va 27 fevral kunlari BAA chempionati doirasida ikkita o'yin o'tkazdi. Abdullaev ikkala o'yin qaydnomasidan ham o'rin olgani yo'q. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia