​O'zbekiston MTJ a'zolari Antaliya shahriga yetib borishdi

15 dek 2018, 22:55
O'zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Bugun erta tongda Toshkent - Istambul - Antaliya yo'nalishida Turkiyaga parvoz qilgan delegaciyamiz a'zolari hozirgina manzilga yetib borishdi. Terma jamoamiz a'zolari Antaliyadagi "Cornelia Diamond" mehmonxonasiga joylashishdi. Ertadan Turkiyadagi dastlabki mashg'ulotlar boshlanadi.

Turkiyadagi o'quv mashg'ulot yig'iniga quyidagi futbolchilar jalb qilingan:

Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912")
Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
Javohir Ilyosov ("Metallurg")

Himoyachilar:
Egor Krimec ("Paxtakor")
Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
Doston Tursunov ("Neftchi")
Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")
Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
Farrux Sayfiev ("Paxtakor")
Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
Davron Hoshimov ("Navbahor")

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy)
Otabek Shukurov ("Sharja", BAA)
Dilshod Rahmatullaev ("Paxtakor")
Fozil Musaev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Aziz Turg'unbaev ("Navbahor")
Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
Jasur Yaxshiboev ("Paxtakor")
Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912")
Ikrom Aliboev ("Lokomotiv")
Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)

Hujumchilar:
Marat Bikmaev ("Lokomotiv")
Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
Ivan Nagaev ("Qizilqum")

Futbolchilarimiz 29 dekabrga qadar Turkiyada yig'in o'tkazib, keyin poytaxtimizga qaytib kelishadi. 3 kundan keyin esa Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo'nab ketishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ufa.uz