O'zbekiston MTJ Al-Ayn shahrida BAAga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda

Tolibjon Qosimov
13 noya 2017, 11:55
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib turibdi.

Terma jamoa delegaciyasi Al-Ayn shahridagi Danat Al Ain Resort mehmonxonasiga joylashgan. Kecha milliy terma jamoa a'zolari Ro'ziqul Berdiev boshchiligida “Al-Ayn” futbol klubi stadionida dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishdi.

Bugun 13 noyabr kuni futbolchilar bilan avvaliga nazariy mashg'ulotlar olib borilib, keyin amaliy mashg'ulotlar o'tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, BAA va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 14 noyabr kuni Al-Ayn shahridagi “Xalifa Bin Zayd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com