

Delegaciya a'zolari aeroportda pasport nazoratidan avval koronavirusga test topshirdi. Shundan so'ng milliy terma jamoa vakillari “Al-Bustan Rotana” mehmonxonasiga joylashdi.
Test natijalari chiqqunga qadar delegaciyaning har bir a'zosi mehmonxonada o'zini o'zi yakkalash rejimida bo'ladi. Milliy jamoa bugun BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida dastlabki mashgulotlarini o'tkazishi rejalashtirilgan.






