O'zbekiston Liga kubogi. 1-turning boshlanish vaqtlari

Narzulla Saydullayev
27 may 2019, 11:49
2019 yilgi mavsumdan boshlab O'zPFL licenziyalash talablariga javob beruvchi futbol klublari o'rtasida O'zbekiston Liga kubogi musobaqasini tashkil etadi.

Musobaqada Superliganing 14 ta, shuningdek, A Pro-liganing “Mashal” hamda “Sho'rtan” klublari ishtirok etadi. Liga kubogining 16 jamoasi 4 ta guruhga ajratildi. Jamoalar guruh bosqichida 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi.

Dastlabki tur o'yinlarining boshlanish vaqtlari:

O'zbekiston Liga kubogi
31 may, juma

19:00 PAXTAKOR - QO'QON-1912
19:00 METALLURG - BUNYODKOR
19:15 NASAF - NAVBAHOR
19:15 AGMK - QIZILQUM

1 iyun, shanba
18:00 DINAMO - SURXON
19:00 LOKOMOTIV - BUXORO
19:15 SHO'RTAN - SO'G'DIYONA
19:15 MASH'AL - ANDIJON

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz