O'zbekiston Kubogi yarim finalini Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami boshqaradi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2017
O'zbekiston Kubogi–2017 musobaqasining ikkinchi yarim final ilk o'yinida Toshkentning Lokomotiv jamoasi o'z maydonida Qarshining Nasaf futbolchilarini qabul qiladi.

2 avgust kuni soat 19:30 da boshlanadigan mazkur bellashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuvda sinovdan o'tayotgan tizim – darvoza chizig'idagi hakamlar ham ishlaydi.

O'zbekiston Kubogi–2017
1/2 final, dastlabki uchrashuv
2 avgust (chorshanba)


Lokomotiv (Toshkent) – Nasaf (Qarshi)
Lokomotiv stadioni, soat 19.30
Bosh hakam:
R. Ermatov (Toshkent)
Qanot hakamlari: A. Rasulov (Toshkent), D. Saidov (Toshkent)
Darvoza chizig'idagi hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), I. Tantashev (Buxara)
Zaxira hakami: R. Serazntdinov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz