O'zbekiston kubogi uchinchi bosqich uchrashuvlari boshlanish vaqtlari

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2019, 14:57
O'zbekiston kubogida ikkinchi bosqich uchrashuvlari o'tkazilib, uchinchi bosqich ishtirokchilari aniqlanganidan xabaringiz bor.

7 iyun kuni mamlakat kubogi uchinchi bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Qur'a Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Unga ko'ra, bitta o'yindan iborat bo'ladigan mazkur bosqich uchrashuvlari 19-25-26 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Oldinroq 19 iyun kungi uchrashuvlar boshlanish vaqtlari e'lon qilingan edi.

25 hamda 26 iyun sanalarida o'tadigan bahslar boshlanish vaqtlari ham ma'lum bo'ldi.

O'yinlarning 4 tasi jonli efirda namoyish etilishi ko'zda tutilgan.

25 iyun, seshanba
18:00 DINAMO - YASHNOBOD (Mahalla TV)
18:00 QO'QON-1912 - QIZILQUM (Sport TV)

26 iyun, chorshanba

18:00 SHO'RTAN - MASH'AL
18:00 SHERDOR - OQTEPA (Mahalla TV)
18:00 ITTIFOQ-N - IFTIXOR
18:00 ISTIQLOL - NASAF (Sport TV)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz