O'zbekiston kubogi: “Lokomotiv” bugun chorak final yo'llanmasi uchun “Qizilqum” bilan bahs yuritadi

Narzulla Saydullayev
31 may 2017, 14:21
Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston Kubogi 1/8 final bosqich javob bellashuvlari bo'lib o'tadi. “Lokomotiv” esa Navoiyda “Qizilqum” jamoasi mehmoni bo'ladi.

Yodingizda bo'lsa, ushbu jamoalarning yaqindagina Toshkentda bo'lib o'tgan ilk qarama-qarshiligida “temiryo'lchilar”ning qo'li baland kelgandi – 5:0. Bugun bo'lsa jamoalar chorak final yo'llanmasi taqdirini uzil-kesil hal etishadi.


31 may,  chorshanba
Qizilqum (Navoiy) – Lokomotiv (Toshkent)
Hakamlar:
I. Ibragimov (Nukus), D. Sarsenov (Nukus), B. Kannazarov (Nukus), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

Shu o'rinda qayd etish joizki, ilgari Kubok o'yinlari doirasida “Lokomotiv” va “Qizilqum” faqat 2013 yilda o'zaro ro'baro' kelishgan va o'shanda ikki o'yin natijasiga ko'ra “Lokomotiv” yarim finalga yo'l olgandi.

2013 y. 1/4 final
“Qizilqum” (Zarafshon) – “Lokomotiv” (Toshkent) 1:0
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Qizilqum” (Zarafshon) 2:0

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz