O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Paxtakor" yarim finalda!

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2013
Bugun O'zbekiston kubogi so'nggi uchta chorak final javob uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Ushbu sahifa orqali bugungi uchala o'yinning ham natijasini bilib borish mumkin bo'ldi. 

Muborakdagi o'yinda 36-daqiqada hisob ochildi. O'ng qanotdan Blajich to'pni Zoteevga aniq oshirdi, Olegning kuchsiz, lekin aniq zarbasi darvoza to'ridan joy oldi - 0:1. Ikkinchi bo'limdagi "qaldirg'ochlar"ning dastlabki hujumi gol bilan yakunlandi. Muallif Oleksandr Pishur - 0:2. O'yinda mana shu hisob saqlanib qoldi va "Bunyodkor" ikki o'yin natijasiga ko'ra yarim finalga yo'l oldi.

"Lokomotiv" esa 39-daqiqada hisobni ochdi. "Qizilqum" posboni Farxod Tojievni o'z jarima maydoni ichida yiqitdi va bosh hakam 11  metrli nuqtani ko'rsatdi. Zayniddin Tojievning zarbasi to'sindan qaytdi, ammo qaytgan to'pni Viktor Karpenko darvozaga yo'lladi - 1:0. Uchrashuvning asosiy vaqti shu hisob bilan tugadi. Zarafshondagi o'yinda "Qizilqum" 1:0 hisobida g'alaba qozongani sababli jamoalar qo'shimcha taymlarni o'ynashadi. Qo'shimcha taymlarda "temiryo'lchilar" o'zlariga kerakli bo'lgan golni urishdi va yarim finalga yo'l olishdi.

"Paxtakor" - "Guliston" o'yinida ilk gol 26-daqiqada mehmonlar darvozasiga urildi. Havolatib oshirib berilgan to'pni Boyan Miladinovich boshi bilan Usmonov qo'riqlayotgan darvozaga yo'lladi - 1:0. Oradan ko'p o'tmay Abduxoliqov ham o'zini ko'rsatdi - 2:0. 41-daqiqada Abduxoliqov hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi. U Hoshimovning o'ng qanotdan oshirgan to'pini darvozaga yo'lladi. 88-daqiqada Ildar Mamatkazin qanotdan oshirilgan to'pni darvozaga yo'lladi - 4:0. Uchrashuv mana shu hisob bilan tugadi va "Paxtakor" kutilganidek yarim finalga chiqdi. Endi "sherlar" yarim finalda "Nasaf" bilan kuch sinashishadi.

Yarim final juftliklari:

"Bunyodkor" - "Lokomotiv"
"Nasaf" - "Paxtakor"


O'zbekiston kubogi 1/4 final
Javob o'yinlari. 8 iyul (dushanba)
18:00. Mashal (Muborak) – BUNYODKOR (Toshkent) 0:2 (TUGADI)
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), X. Mirzaaxmedov (Toshkent vil.), A. Snetkov (Toshkent vil.), SH. Ro'ziqulov (Qarshi)
Gollar: Oleg Zoteev 36, - 0:1. Oleksandr Pishur  46, - 0:2.
"Mashal":
1.Sanjar Quvvatov, 7.Jahongir Abdumo'minov, 8.Rustam A'zamov (Ixtiyor Toshpo'latov, 84), 9.Baxodir Murtazoev, 10.Jamshid Xasanov, 14.Akbar Xotamov, 15.Otabek Shukurov (5.Shaxzod Shaymanov, 46), 18.Abbos Shodmonov, 20.Sherzod Fayziev, 21.Salomat Quttiboev, 26.Zoxir Qo'ziboev (4.Viktor Klishin, 71).
"Bunyodkor": 1.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Xayrullo Karimov, 7.Marko Blajich (14.Alibobo Rahmatullaev, 70), 8.Javlon Ibrohimov, 9.Igor Taran, 11.Oleksandr Pishur, 13.Lutfulla To'raev, 16.Artyom Filiposyan, 23.Saxob Jo'raev (6.Anvar G'ofurov, 65), 33.Oleg Zoteev (21.Sardor Rashidov, 57).
Ogohlantirishlar: Sahob Jo'raev 45, Xayrulla Karimov 88.
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Dastlabki o'yin – 1:1.
 

18:00. Lokomotiv (Toshkent) – Qizilqum (Zarafshon) 2:0 (TUGADI)
Hakamlar:
S. Zaylobiddinov (Farg'ona), A. Marajabov (Andijon), U. Karimov (Andijon), A. Ergashev (Toshkent)
Gollar: Viktor Karpenko 39, - 1:0.Dilshod Raxmatullaev 114, - 2:0.
Amalga oshirilmagan penalti:
Zayniddin Tojiev (to'sin)
"Lokomotiv":
Pavel Bugalo (s), Sadriddin Abdullaev, Akmal Xolmatov, Zayniddin Tojiev, Farhod Tojiev, Rustam A'zamov, Jasur Hasanov, Islom To'xtaxo'jaev, Sharipov Sharipov, Viktor Karpenko, Dilshod Jabborov.
"Qizilqum": Eldor Tojiboev, Temur Ayzattulov (s), Fayzulla Qambarov (Andrey Vlasichev, 90), Ilya Ilin, G'ulomxo'jaev, G'ulomhaydar G'ulomov, Yannis Mandzukas, Farrux Haydarov, Sarvar Xolmatov, Timur Vasilev, Feruz Boboqulov (Farrux Shotursunov, 46).
Chetlatish: Eldor Tojiboev 118.
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Dastlabki o'yin – 0:1.
 

19:00. Paxtakor (Toshkent) – Guliston (Guliston) 4:0 (TUGADI)
Hakamlar:
A. To'xtasinov (Andijon), N. Ro'zimov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Gollar: Boyan Miladinovich 26, - 1:0.Temurxo'ja Abduxoliqov 30, - 2:0. Temurxo'ja Abduxoliqov 41, - 3:0.Ildar Mamatkazin 88, - 4:0.
"Paxtakor"
: Aleksandr Lobanov, Boyan Miladinovich, Akbar Ismatullaev (Abbos Maxstaliev, 46), Murod Xolmuhammedov, Temurxo'ja Abduxoliqov, Aleksandr Merzlyakov, Davron Hoshimov (Ildar Mamatkazin, 66), Dilshod Sharofetdinov, Oybek Qilichev, Jaloliddin Masharipov, Javohir Sohibov.
"Guliston": Doniyojon Usmonov, Akbar Sattaev, Jasur Otajonov, Robbim Hasanov, Xurshid Yo'ldoshev (Dilmuhammad Xudoyberdiev, 68), Zafar Qoraqulov, Bobur Akbarov (Nodir Teshaboev, 55), Mirjalol Qurbonov, Sarvar Jo'raev, Konstantin Boev, Ilyos Xayrov.
Ogohlantirishlar: Mirjalol Qurbonov 22, Sarvar Jo'raev 33, Davron Hoshimov 56,
Chetlatish: Mirjalol Qurbonov 86.
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Dastlabki o'yin – 3:1.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia