O'zbekiston kubogi-2017. Qayerda o'tishi noma'lum bo'lgan finalda "Bunyodkor" mezbon bo'ladi

Narzulla Saydullayev
10 okt 2017, 12:46
Bugun 2017 yilgi O'zbekiston kubogi finalida qaysi klub mezbon bo'lishi aniqlandi.

Qur'aga ko'ra Bunyodkor hal qiluvchi bahsda mezbon bo'ladi va olovrang futbolkalarda o'ynaydi. 2016 yilgi kubok sohibi Lokomotiv esa nominal mehmon bo'ladi va oq libosda maydonga tushadi.

P.S. Hozircha final uchrashuvi qaysi shahar va qaysi stadionda bo'lib o'tishi ma'lum emas.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz