JCH-2014 saralshi, pley-off javob uchrashuvi - O'zbekiston hamda Iordaniya o'yini chiptalarini 5 sentyabr kunidan boshlab o'yin bo'lib o'tadigan Paxtakor markaziy stadioni kassalaridan harid qilishingiz mumkin. O'FF terma jamoalar markazi bergan ma'lumotga ko'ra, o'yin chiptalari 4 toifa - 20 000 so'm (3-toifa), 25 000 so'm (2-toifa), 30 000 so'm (1-toifa) hamda 35 000 so'm (SIP) qilib belgilangan.
Eslatib o'tamiz, JCH-2014 saralash pley-off javob uchrashuvi 10 sentyabr kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo'lib o'tadi. O'zbekiston hamda Iordaniya milliy terma jamoalari o'rtasidagi pley-offning dastlabki o'yini esa, 6 sentyabr kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida o'tkaziladi.