O'zbekiston futzal terma jamoasi 8-21 avgust kunlari o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi

Alisher
5 avg 2022, 16:44
Kuvaytda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi 8-21 avgust kunlari navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi.

Yig'inning ikkinchi qismi Kuvaytda davom ettiriladi. Bahodir Ahmedov shogirdlari mazkur yig'in doirasida kuvaytlik futzalchilarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etishlari rejalashtirilgan.


18 avgust

Kuvayt - O'zbekiston


20 avgust

Kuvayt - O'zbekiston


O'zbekiston futzal terma jamoasi: Rustam Umarov ("Jizzax Kenteks"), Abbos Elmuradov (BMB), Ravshan Eliboev (BMB), Ixtiyor Ropiev ("Jizzax Kenteks"), Mashrab Odilov (BMB), Anasxon Rahmatov ("Jizzax Kenteks"), Shahram Faxriddinov ("Dinamo"), Ilhom Hamroev ("Jizzax Kenteks"), Husniddin Nishonov (BMB), Dilshod Rahmatov ("Jizzax Kenteks"), Daler Eshonqulov ("Dinamo"), Davlat Ibragimov (AGMK), Akbar Usmonov (BMB), Aslbek Isroilov ("Bunyodkor"), Elbek To'lqinov ("Jizzax Kenteks"), Sunnat Jo'raev ("Jizzax Kenteks")

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz