O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan festival yakunlandi

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2018, 12:37
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Milliy olimpiya qo'mitasi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Chig'atoy” sport bazasining maydonlarida 2008-2009 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida festival tashkil qilgani xaqida futbol ishqibozlariga ma'lumot berib o'tgan edik.

Ushbu festivalni tashkil qilishdan assotsiatsiyaning asosiy maqsadi bolalar o'rtasida futbolni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilishdir.

“Chig'atoy”, “Sergeli”, “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Odil Junior” hamda “Qorasaroy” jamoalari ishtirok etgan musobaqaning yopilish marosimi bo'lib o'tdi. Musobaqaning so'nggi kunida ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Qayd etish zarurki, bunday tadbirlar yosh sportchilarga katta sportga o'zlarining ilk qadamlarini qo'yishlariga hamda bo'lajak musobaqalarga tayyorlanishlariga katta yordam beradi. Bundan keyin ham shu kabi futbol bayramlarini muntazam uyushtirib borish rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com