O'zbekiston - Falastin. Jamoalar qanday liboslarda o'ynashi ma'lum bo'ldi

Alisher
18 noya 2019, 12:06
O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2022 saralashi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini Falastinga qarshi o'tkazadi.

19 noyabr kuni Paxtakor stadionida o'tadigan uchrashuvda milliy jamoamiz oq-ko'k rangli sport formasida maydonga tushadi. Darvozabonimiz esa yashil rangli sport libosi kiyadi. 

Falastinlik futbolchilar qizil formalarda harakat qilishadi. Raqib jamoa posboni qora rangdagi libosni kiyadi.

Uchrashuv ertaga 17:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz