O'zbekiston - Eron. 10-uchrashuv arafasida

Narzulla Saydullayev
10 sen 2018, 14:05
Ertaga O'zbekiston - Eron o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bu jamoalar shu kunga qadar 9 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Katta ustunlik forslar tomonida. Eron 7 marta g'alabaga erishgan. O'zbekiston faqat bir marta g'olib bo'lgan va bir marta durang o'ynagan.

Terma jamoamiz 2009 va 2015 yillarda Toshkentda Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazgan. E'tiborlisi vakillarimiz bu jamoaga qarshi o'tgan oxirgi 4ta o'yinning hech birida gol ura olishmagan. So'nggi gol bundan 6 yil oldin Ulug'bek Baqoev tomonidan urilgan edi.

Jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar natijasi

14.12.1998  O'zbekiston – Eron 0:4  |  Osiyo o'yinlari 1/4 final
11.07.2007  Eron – O'zbekiston 2:1  |  Osiyo Kubogi, guruh bosqichi
05.09.2009  O'zbekiston – Eron 0:0  |  O'rtoqlik o'yini
03.06.2012  O'zbekiston – Eron 0:1  |  JCH–2014 saralashi
14.11.2012  Eron – O'zbekiston 0:1  |  JCH–2014 saralashi
11.06.2015  O'zbekiston – Eron 0:1  |  O'rtoqlik o'yini
06.10.2016  O'zbekiston – Eron 0:1  |  JCH–2018 saralashi
12.06.2017  Eron - O'zbekiston 2:0  |  JCH–2018 saralashi
18.05.2018  Eron - O'zbekiston 1:0  |  O'rtoqlik o'yini


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia