O'zbekiston – BAA uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqarildi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2014, 14:31
Futbol bo'yicha O'zbekiston va BAA terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo Kubogi-2015 saralash uchrashuvi chiptalari 28 fevraldan sotuvga chiqariladi.

Bu haqda O'FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, chiptalar 28 fevraldan boshlab soat 10:00dan 18:00ga qadar sotiladi.

Chiptalarni Click tizimi orqali mobil telefon yoki internet orqali ham sotib olish mumkin. Chiptalar 15 ming so'mdan 30 ming so'mgacha baholangan.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston – BAA uchrashuvi 5 mart kuni Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 17:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kun.uz