O'zbekcha transfer: Server Jeparov necha millionga sotilgan?

Championat.asia'da "O'zbekcha transfer" rukni davom etadi.

Xabaringiz bor, oldingi safar hamyurtimiz Odil Ahmedov hamda Igor Sergeev ishtirokida imzolangan o'tish bitimlari haqida ma'lumot bergandik. Bugun esa O'zbekistonning 9 karra chempioni, mamlakat kubogining 8 karra g'olibi, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya chempioni, Osiyoning 2008 va 2011 yillardagi eng yaxshi futbolchisi - Server Jeparov haqida ma'lumot beramiz.

Chirchiqlik futbolchi 20 yillik faoliyati davomida 12 klubda o'ynadi. Uning ishtirokida 6 bor transfer shartnomasi imzolangan:
1. 2008 yilning yanvarida "Paxtakor"dan "Bunyodkor"ga 750 ming evro evaziga;
2. 2010 yilning iyulida "Bunyodkor"dan "Seul"ga (Janubiy Koreya) ijara uchun 800 ming evro;
3. 2011 yilning fevralida "Bunyodkor"dan "Seul"ga 800 ming evro evaziga;
4. 2011 yilning iyulida "Seul"dan "Al Shabab"ga (Saudiya Arabistoni) 1,6 mln evro evaziga;
5. 2013 yilning fevralida "Al Shabab"dan "Sonnam"ga (Janubiy Koreya) 550 ming evro evaziga;
6. 2016 yilning yanvarida "Ulsan Xyonde"dan "Lokomotiv"ga (Toshkent) 500 ming evro evaziga.

Xullas, Jeparovning butun transferlari uchun u o'ynagan klublar 5 mln evro sarflagan. Futbolchi faoliyati davomida O'zbekiston terma jamoasi safida 127 o'yin o'tkazib, bu borada rokerd o'rnatgan edi. U ayni paytda mamlakatimizning 14 yoshgacha bo'lgan bolalardan iborat terma jamoasini boshqarmoqda.

O'zbekcha transfer: Sergeev "Paxtakor"ga qancha foyda keltirgan?        


Manba: championat.asia