Oyog'ini sindirib olgan Noyer qachon safga qaytadi?

Aslanov Jasurbek
19 sen 2017, 15:45
Bugun "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer nemis grandining mashg'ulotida oyog'ini sindirib olgani e'lon qilingan edi.

Germaniya terma jamoasi posboni tez orada operaciya qilinadi. "Bavariya" boshqaruv qo'mitas raisi Karl-Xaync Rummeniggening ma'lum qilishicha, agar Noyer muvaffaqiyatli operaciya qilinsa, u yanvar oyida safga qaytishi mumkin.

Noyer joriy mavsum Bundesliganing 3ta uchrashuvida maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Squawka