O'tgan yil Belarus, "Navbahor" va "Bunyodkor"da o'ynagan uch futbolchi "Paxtakor" mashg'ulotlarida

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2021, 13:09
Bugun 14 yanvar kuni "Paxtakor" klubi 2021 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Kecha tibbiy ko'rikdan o'tgan jamoa a'zolari bugun "Jar" stadionida mashg'ulotlarni boshlashdi. O'tgan yil Belarusning "Energetik BGU" klubiga ijaraga berilgan Humoyunmirzo Iminov "Paxtakor" ixtiyoriga qaytgan. Bundan tashqari "Navbahor"ga ijaraga berilgan hujumchi Shohruh Mahmudhojiev ham "Sherlar" bilan shug'ullanmoqda. 

"Bunyodkor"da ijarada o'ynagan, huquqiy jihatdan "Paxtakor"ga tegishli IbrohimHalil Yo'ldoshev ham mashg'ulotlarda qatnashmoqda.

Birozdan so'ng "Paxtakor" mashg'ulotlaridan batafsil fotoreportaj taqdim etiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia