

- "Paxtakor"dan mag'lubiyatga uchraganimizdan so'ng o'z uyimizda qanday bo'lmasin "Lokomotiv"dan ochko olishni o'ylagandik. Shunga monand jamoamizning xar biri a'zosi o'ziga yarasha tayyorgarlik ko'rgandi. "Temiryo'lchilar"ning o'tgan turda "Navbahor" bilan o'tkazgan uchrashuvini video tasvir orqali ko'rib chiqqandik. O'ylaymanki toshkentliklar bizga nisbatan ancha mazmunli va kuchli o'ynadi. Agarda Namanganda ko'rsatgan o'yinini bizga ham namoyish qilganida ishonch bilan ayta olamanki, kamida durang o'ynagan bo'lardik.
- "Andijon"ga nima yetishmadi? Menimcha hamma narsa etarli bo'ldi. Lekin tan olish kerak, raqib kuchlilik qildi. Buni to'g'ri qabul qilish kerak. "Andijon"ning tarkibi bu yil yangitdan tuzildi. Shaxsan meni jamoaga kelganimga endi bir oy bo'ldi. Futbolchilar bir-birini to'liq tushunib ketishlari uchun baribir vaqt kerak bo'ladi. "Lokomotiv" esa 3-4 yildan beri asosan bir xil tarkib bilan o'ynab kelmoqda. Shu jihatiga ham e'tibor berish kerak. Nazarimda "Andijon" ham mamlakatimizning yetakchi klubiga qarshi yomon o'yin ko'rsatmadi.
- Taqvim ham "Andijon" uchun biroz noqulay kelgandek. Bu bahona emas. Lekin dastlabki turlarda yetakchi klublarga qarshi o'ynadik. Umid qilamanki, omadsizliklar ortda qoldi. Keyingi turlarda muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman.
- Fursatdan foydalanib bugun jamoamizni ajoyib tarzda butun uchrashuv chog'ida qizg'in-qo'llab quvvatlab turgan ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman, - deydi Otabek Valijonov
"Andijon" matbuot xizmati.



