

"Bizni juda ham qiyin o'yin kutib turibdi. Ochko yo'qotishga umuman haqqimiz yo'q. Bu vazifani bajarishga barcha yigitlar tayyor holatda.
Jamoadagi muhit a'lo darajada deya olaman. Shaxsan men terma jamoada ilk bor yig'inda qatnashayapman. Balki ertaga milliy terma jamoadagi debyutimni nishonlarman.
Muxlislardan stadiondanmi yoki televizor qarshisidami bizni qo'llab turishlarini so'rayman. Nasib bo'lsa ularni xursand qilamiz", - deydi Shukurov.




