

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi hali birinchi davra tugamay turiboq jamoani tark etgan. Chunki Narzullaev "Mashal"da zaxira o'tirib qoldi. O'tgan mavsum "Buxoro"da asosiy figura bo'lgan Otabekka bu narsa yoqmagani aniq. Qolaversa 30 yoshli futbolchi bosh murabbiy Xomyakovning qarashlariga to'g'ri kelmay qolgan. Endi futbolchi ikkinchi davrani boshqa jamoada o'tkazadi.



