Oston O'runov "Ufa"ga qarshi o'yin "Spartak" bilan Boshqirdistonga yetib keldi

Alisher
19 avg 2020, 10:40
Bugun Rossiya Premer-ligasi 3-tur doirasida "Spartak" (Moskva) "Ufa" mehmoni bo'ladi.

Xabaringiz bor, bundan ikki hafta oldin Moskva klubi "Ufa"dan Oston O'runovni transfer qilgan edi.

Ammo, hamyurtimiz koronavirusga chalingani va mashg'ulotlar kamligi sabab murabbiy unga jismoniy holatini tiklab olishi uchun vaqt bergan va shu sabab O'runov dastlabki ikki turni o'tkazib yuborgan edi. "Spartak" kecha Ufaga yetib keldi va tarkibda o'zbekistonlik xavbek ham bor. Shunday ekan bugun Oston O'runov katta ehtimol "Spartak"dagi debyutini o'zining sobiq jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Jamoani Andreas Xinkel boshqaradi. Domeniko Tedesko esa kasalligi bois Moskvada qolgan.

RPL 3-tur doirasidagi "Ufa" - "Spartak" o'yini saytimiz tomonidan matnli translyatsiya qilinadi, shu sabab bizdan uzoqlashmang!


ROSSIYA PREMER-LIGASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia