Oskar: “Buyuklar safidan o'rin olishimiz mumkin”

Tolibjon Qosimov
9 iyun 2014, 16:57
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Oskar Jahon chempionligini qo'lga kiritish uchun hamma narsaga tayyor.
Futbolchining fikricha, mezbonlar Jahon chempionatida g'alaba qozonishi shart.

“Biz Jahon chempionatida g'alaba qozonsak, buyuklar safidan o'rin olishimiz mumkin. Ko'pchilik bizni chempion sifatida eslab qolishadi.

Jahon chempionligini qo'lga kiritgan futbolchilardan Kaka va Ronaldinyolarni aytish mumkin. Ular so'nggi mundialda ham ishtirok etishlari mumkin edi, lekin bosh murabbiy boshqa qarorga keldi. Bizning jamoada Jahon chempionlari yo'q, lekin katta turnirlarda ishtirok etgan futbolchilar bor, masalan Julio Sezar. Biz maqsadga erishish uchun qattiq ishlayapmiz. Bizga butun Braziliya muxlislik qiladi, shuning uchun biz g'alaba qilishimiz shart.

Balki bizda Jahon miqiyosidagi yulduzlar yo'qdir, lekin biz bir jamoamiz va hammamiz birgalikda kurashamiz”, - deydi Oskar.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.ua