Osiyo xabari. “Fulad” – Eron chempioni!

Narzulla Saydullayev
12 apr 2014, 13:12
Osiyo chempionlar ligasida “Bunyodkor” bilan bir guruhda kurash olib borayotgan “Fulad” kecha Eron chempionligini qo'lga kiritdi.
Eron chempionati musobaqa jadvali

Safarda “Gostaresh” klubiga qarshi bahs olib borgan “Fulad” raqibini 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 37-daqiqada Mehrdad Jamaati tomonidan kiritildi.

Natijada 57 ochko jamg'argan “Fulad” mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin 55 ochko to'plagan Tehronning “Istiqlol” jamoasiga, uchinchi o'rin esa 54 ochko yiqqan Tehronning boshqa bir jamoasi “Naft”ga nasib etdi.

X.Xoliqov tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia