Osiyo o'yinlari. Finalni o'zbekistonlik hakamlar boshqarishadi

Narzulla Saydullayev
31 avg 2018, 12:55
Xabaringiz bor, Osiyo o'yinlarining futbol bo'yicha musobaqalari yakuniga yetish arafasida.

Ertaga 1 sentyabr kuni Jakartadagi "Pakansari" stadionida Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari final uchrashuvida musobaqa g'olibini aniqlashadi.

Mazkur o'yinni o'zbekistonlik hakam Aziz Asimov boshqarib boradi. Unga qanotda yana bir hamyurtimiz Ruslan Serazetdinov yordam beradi.
 
 
Osiyo o'yinlari, final.
1 sentyabr, Jakarta. "Pakansari" stadioni.
Janubiy Koreya - Yaponiya
Bosh hakam:
Aziz Asimov (O'zbekiston)
Laynsmenlar: Ruslan Serazetdinov (O'zbekiston), Zamirbek Chanibekov (Qirg'iziston)
To'rtinchi hakam: Muhammad Xolid (S.Arabistoni)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz