Aziz Asimov FIFA referiligiga qaytdi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2024
FIFA tomonidan 2024 yil uchun xalqaro maydonlarda ishlaydigan hakamlarning yangilangan ro'yxati e'lon qilindi.

Yangilangan tarkibga ko'ra, mamlakatimizdan umumiy 28 nafar hakam 30 ta poziciya bo'yicha FIFA hakamligi ro'yxatidan o'rin olgan.



"2024 yilda FIFA hakamlarimiz qatorida yangi nomlarni uchratish mumkin. Joriy yildan e'tiboran tajribali hakamimiz Aziz Asimov FIFA hakamligiga qaytdi, shuningdek, ro'yxatda so'nggi yillarda o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olgan yordamchi hakam Akmal G'iyosov, futzal bo'yicha yosh hakamlarimiz - Adham Rixsiboev hamda Husniddin Bahodirov kabi nomlarga ko'zingiz tushadi.

O'zbekiston futbolida ayol hakamlarga qaratilayotgan e'tibor samarasi o'laroq, joriy yilda ham bosh hakamlarimiz Edita Mirobidova va Roziyabonu Yusupova, yordamchi hakam Zilola Rahmatova, shuningdek, futzal hakami Aleksandra Konchikova xalqaro maydonlarda ayollar futboli hakami sifatida ishlashi mumkin bo'ladi", – deyiladi O'zFHM xabarida.

FIFA hakamlarimizning umumiy ro'yxati bilan yuqoridagi suratda yoki ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази