Osiyo o'yinlari. Chorak finalning barcha juftliklari ma'lum, o'yinlar 27 avgustda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2018, 21:06
Indoneziyada Osiyo o'yinlari davom etmoqda.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda Janubiy Koreya bilan o'ynashi haqida xabar bergandik.

Bugun chorak finalning barcha juftliklari nomi ma'lum bo'ldi. O'zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi g'olibi yarim finalda Suriya - Vetnam o'yinida zafar quchgan jamoa bilan o'ynaydi.

Ushbu bosqichdagi o'yinlar 27 avgust kuni bo'lib o'tadi.

27 avgust

14:00 - O'zbekiston - Janubiy Koreya
14:00 - Saudiya Arabistoni - Yaponiya
17:30 - Suriya - Vetnam
17:30 - BAA - KXDR


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia