Osiyo Kubogiga O'zbekiston klublaridan 23 nafar futbolchi boradi. Eng ko'p futbolchi qaysi jamoadan?

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2024, 15:07
12 yanvar kuni Qatarda Osiyo Kubogi start oladi.

OFK barcha ishtirokchi jamoalarning yakuniy tarkiblarini e'lon qildi.

Unga ko'ra, O'zbekiston klublaridan jami 23 nafar futbolchi qita chempionatiga boradi. Shulardan 17 nafari O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari hisoblanadi. 4 nafar Tojikiston va 2 nafar Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi vakillari ham bor.

Eng ko'p futbolchi "Paxtakor"dan chaqirilgan - 8 nafar. "Nasaf"dan 5, "Navbahor"dan 4 nafardan futbolchi bor.

Qirg'iz Respublikasi - Joel Kojo ("Dinamo")
Qirg'iz Respublikasi - Kimi Merk ("Paxtakor")
Tojikiston - Zoir Jo'raboev ("Neftchi")
Tojikiston - Manuchehr Safarov ("Neftchi")
Tojikiston - Rustam Soirov ("Lokomotiv")
Tojikiston - Muhammadjon Rahimov ("Buxoro")
O'zbekiston - O'tkir Yusupov ("Navbahor")
O'zbekiston - Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor")
O'zbekiston - Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor")
O'zbekiston - Farruh Sayfiev ("Paxtakor")
O'zbekiston - Diyor Xolmatov ("Paxtakor")
O'zbekiston - Jamshid Iskanderov ("Navbahor")
O'zbekiston - Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor")
O'zbekiston - Oston O'runov ("Navbahor")
O'zbekiston - Abduvohid Ne'matov ("Nasaf")
O'zbekiston - Sherzod Nasrullaev ("Nasaf")
O'zbekiston - Jamshid Boltaboev ("Navbahor")
O'zbekiston - Umar Eshmurodov ("Nasaf")
O'zbekiston - Botirali Ergashev (OKMK)
O'zbekiston - Azizbek Turg'unboev ("Paxtakor")
O'zbekiston - Hojimat Erkinov ("Paxtakor")
O'zbekiston - Azizbek Amonov ("Nasaf")
O'zbekiston - Zafarmurod Abdirahmatov ("Nasaf")


P.S. Futbolchilar OFK tomonidan qaysi klub vakili sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa shunday taqdim etildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia