Osiyo Kubogi prevyusi. Hindiston - Bahrayn

Xayrulla Xoliqov
14 yanv 2019, 18:57
Bugun Osiyo Kubogida guruh bosqichining oxirgi tur o'yinlariga start beriladi.

Kun tartibidan ikkita uchrashuv o'rin olgan. Sharjadagi stadionda Hindiston Bahraynga qarshi bahs olib boradi.

Guruhdagi vaziyat 

Hindiston 3 ochko to'plagan. Tailand hisobida ham uch ochko bor. Bahrayn esa 1 ochko bilan oxirgi o'rinni egallab turibdi. Musobaqa mezboni 4 ochko bilan peshqadamlik qilyapti.

Hindiston

Hindiston musobaqani g'alaba bilan boshladi. Jamoa 1-turda Tailandni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Lekin keyingi turda BAAga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Bahrayn

Musobaqaning ochilish o'yinida kichik sensatsiya qilgan Bahrayn keyingi turda Tailandga mag'lub bo'ldi. Ko'rinib turibdiki, Bahrayn ushbu Osiyo Kubogiga ancha yosh tarkib bilan kelgan.

O'yindan oldingi fikrlar 

Miroslav Soukup (Bahrayn bosh murabbiyi): - "Biz Hindistonni mag'lub etishimiz shart. Shundagina guruhdan chiqish imkoniyati yuzaga keldi. O'ylashimcha, bu o'yinda hamma shogirdlarim yaxshi o'ynaydi. Men har doim futbolchilarga ishonganman. Bizda yaxshi hujumchi va himoyachilar bor". 

Stefen Konstantin (Hindiston bosh murabbiyi): - "Bizni juda qiyin bellashuv ktuib turibdi. Chunki Bahraynni faqat g'alaba qoniqtiradi. O'tgan 4 yil ichida ancha o'sishga erishdik. Balki bu bazilarga bilinmasligi mumkin, lekin men juda yaxshi sezib turibman".

Qiziqarli ma'lumotlar 

- Bahrayn 2011 yilgi Osiyo Kubogida Hindistonni 5:2 hisobida mag'lub etgan. 

- Agar Hindiston bugun g'alaba qozonsa, bu jamoa o'z tarixida ilk marta guruhdan chiqqan bo'ladi. 

- Bahrayn Osiyo Kubogida oxirgi 6ta uchrashuvning faqat bittasida g'alaba qozongan. 

- Hindiston oxirgi 6ta o'yinidan beshtasida mag'lubiyatga uchragan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia