Osiyo kubogi. Dastlabki chorak final o'yinlari rasmiylari ma'lum. Ular orasida o'zbekistonlik mutaxassis ham bor

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2024, 14:37
2 fevral kuni Osiyo kubogining dastlabki chorak final bahslari bo'lib o'tadi.

OFK mazkur bahslarga hakam va rasmiylarni tayinladi.

Unga ko'ra Avstraliya - Koreya Respublikasi uchrashuvini o'monlik Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Bu o'yinda o'zbekistonlik Farhod Abdullaev hakamlar nazoratchisi sifatida ishlaydi.

Tojikiston va Iordaniya o'rtasidagi bahs esa xitoylik Fu Ming boshchiligidagi brigadaga ishonib topshirilgan.


Tojikiston - Iordaniya
2 fevral 2024 yil. "Ahmad bin Ali" stadioni. 16:30 (Toshkent vaqti)
Hakamlar:
Fu Ming, Zou Fey, Zang Cheng (uchalasi Xitoy), Araki Yusuke (Yaponiya)
VAR: Iida Jumpey (Yaponiya)
AVAR: Sivakorn Pu Udom (Tailand)
Nazoratchi: Abdulrahmon Muhammad Hussayin (Qatar).



Avstraliya - Koreya Respublikasi
2 fevral 2024 yil. "Al Janub" stadioni. 20:30 (Toshkent vaqti)
Hakamlar:
Ahmad Abu Bakar Al Kaf, Al Mari Abu Bakar Salim Mahad, Rashid Hamid Ali Al Gaiti (uchalasi O'mon), Odil Ali Ahmad Hamid Al Naqbi (BAA).
VAR: Muhammad Abdulla Hassan Muhammad (BAA)
AVAR: Umar Muhammad Ahmad Hassan Alali (BAA)
Nazoratchi: Farhod Abdullaev (O'zbekiston).



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia