

2019 yilgi Osiyo Kubogi esa BAAning Abu Dabi, Al Ayn, Dubay va Sharja shaharlarida, jami uch amirlikda o'tkazilishi ma'lum bo'ldi. 8 stadionda 51 uchrashuv 28 kun ichida bo'lib o'tadi. Bunda ishqibozlarga ham qulaylik yuzaga keladi. Ular bosib o'tishi mumkin bo'lgan eng ko'p masofa Sharja va Al Ayn hamda Abu Dabi shaharlari o'rtasida bo'lib, mashinada bu masofani 2 soat ichida bosib o'tish mumkin.



