

Unda OFK Ijroiya Qo'mitasining Markaziy Osiyo mintaqasi vakili, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etdi.
Kun tartibiga ko'ra, OFK Ijroiya qo'mitasiga vakilat muddati 2023-2027-yillarni tashkil qiluvchi yangi a'zolari sayladi. Xususan, tojikistonlik Mijgona Mahmadalieva OFKning Markaziy mintaqa bo'yicha ayollar ijroiya qo'mitasi a'zosi, Koreya Respublikasidan Chung Mong Gyu esa Sharqiy mintaqa bo'yicha OFK Ijroiya qo'mitasiga saylandi.
Bundan tashqari, Kongress OFK Nizomining 32.8 va 32.9-moddalariga oid bir qancha a'zo assotsiatsiyalardan kelib tushgan takliflarni maqulladi.
“OFK boshqaruv sohasida ajoyib yutuqlarga erishdi va bizda so'nggi o'n yil davomida birgalikda qurilgan mustahkam poydevorlar uchun a'zo assotsiatsiyalar va mintaqaviy assotsiatsiyalarga minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu mustahkam poydevor va birdamlik bizga shu yil oxirida joriy etiladigan, kelasi o'n yillikda Osiyo klublari o'yinida inqilob qiladigan yangi klub islohotlarini o'tkazishimiz uchun yo'l ochdi”, dedi Shayx Salmon.
Kongress davomida, shuningdek, tashkilotning 2023-yil yakunlari bo'yicha moliyaviy va auditorlik hisobotlari tasdiqlandi.






