Osiyo Chempionlar ligasi finalini o'zbekistonlik hakamlar boshqaradi

Оқил Абдубарноев
2 may 2024, 20:59
Qitaning hal qiluvchi o'yinida BAA va Yaponiya klublari bellashadi.

Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi Osiyo Chempionlar ligasi qiluvchi o'yinini boshqarib boradi.

Qitaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli turnirida final qarama-qarshiligi ikki uchrashuvdan iborat bo'ladi. 

G'arb va Sharq mintaqasidan OCHL finaliga Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Ayn" hamda Yaponiyaning "Yokogama Marinos" klubalri yo'l olgan. Mazkur qarama-qarshilikning 25 may kuni o'tkaziladigan javob uchrashuvini boshqarish Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirildi. Finalning dastlabki o'yini 11 may kuni Yaponiyada bo'lib o'tadi. 

Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam bersa, Rustam Lutfullin zaxira hakami vazifasini bajaradi. 

Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Sanjar Shoyusupov zaxira yordamchi hakami vazifasida ishlaydi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ОФК