Osimxen zaxiraga olinganidan norozi

Omonjon To`xtamirzayev
25 sen 2023, 12:49
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen zaxiraga olinganidan norozi bo'ldi.

A Seriya 5-turi doirasida "Bolonya" bilan o'yinda (0:0) hujumchi 73-daqiqada penaltidan foydalana olmadi va 86-daqiqada uning o'rniga Jovanni Simeone maydonga tushirildi. Nigeriyalik maydonni ehtiroslar bilan tark etdi. Avvalroq 76-daqiqada murabbiy Xvicha Kvaratsxeliyani zaxiraga olgandi va Elif Elmas o'yinga qo'shilgandi.

DAZN muxbirlarining ma'lum qilishicha, Osimxen maydonni tark etayotganda francuz tilida bosh murabbiy Rudi Garsiyaga norozligini ochiq namoyish qilgan va g'alaba uchun ikkita hujumchi birgalikda harakat qilishi kerak edi, degan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: DAZN