Osimxen Osiyoga kelsa, juda katta maosh olishi mumkin

Mirjalol Normatov
6 avg 2023, 16:31
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen Saudiya Arabistoni tomon yo'l olishi ehtimoli bor.

Ayni damda forvardga Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda va yiliga 52 mln evro maosh to'lashga tayyor turibdi.

Hozircha futbolchi taklifni qabul qilgani yo'q. Biroq boshqa tomondan olib qaralsa, u hali Osiyoga ketishni maqul ko'rmayapti. Osimxenning klubi bilan yana ikki yillik shartnomasi bor.

Osimxen "Napoli"da 101 o'yinda ishtirok etib, 59 gol va 14 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal