“Osasuna” Ispaniya kubogining ilk finalchisiga aylandi

Alisher
5 apr 2023, 07:28
Ispaniya kubogi yarim finalining javob uchrashuvida “Atletik” – “Osasuna” 1:1 hisobida durang o'ynashdi.

33-daqiqada Inaki Uilyams “Atletik”ni hisobda oldinga olib chiqdi. “Osasuna” birinchi o'yinda minimal hisobda g'alaba qozongani uchun o'yin qo'shimcha bo'limga o'tdi. Uchrashuvning 116-daqiqasida Jon Monkayolaning uzatmasidan so'ng Pablo Ibanes to'pni darvozaga yo'llab, hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, "Osasuna" umumiy hisobda g'alaba qozondi va Ispaniya kubogi finaliga yo'l oldi. Finalda “Osasuna” “Barselona” - “Real Madrid” uchrashuvi g'olibi bilan o'ynaydi.

Ispaniya kubogi

1/2 final

Atletik - Osasuna - 1:1 (1:0)

Gollar: I. Uilyams, 33 (1:0); Ibanes, 116 (1:1).

Atletik: Agirresabala, De Markos, Martines, Yeray Alvares (Vivian, 91), Berchiche, Vesga, Sanset (Adu, 111), I. Uilyams, Munyain (Sarraga, 99), Guruseta (Raul Garsiya, 81), N. Uilyams (Berenger, 99).

Osasuna: Errera, Aridane, David Garsiya (Moreno, 91), Xuan Krus, Moyses Gomes (Sanches, 83), Torro, Ruben Garsiya (Brashanac, 66), Oros (Ibanes, 100), Monkayola, Ez Abde (Barxa, 66), Kike Garsiya (Avila, 91).

Ogohlantirish: Vesga (21), Torro (43), Barxa (75), Sanset (94).

Birinchi o'yin - 0:1.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com