O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U-23 Qatarga uchta gol urdi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2020, 17:05
Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Tailandda Qatar olimpiyachilari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

 

Uchrashuvning 40-daqiqada jamoadoshidan to'pni qabul qilib olgan Bobir Abdixoliqov jarima maydonchasi ichidan turib aniq zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi - 1:0.

44-daqiqada jarima maydoniga uzatilgan to'pga Husniddin Aliqulov boshi bilan zarba berib, hisobni 2 ta to'p farqiga oshirdi - 2:0.

70-daqiqada Bobir Abdixoliqov boshi bilan bergan zarbasi orqali hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi - 3:0.

78-daqiqada qatarliklar Muhammad Vaad tomonidan urilgan gol bilan hisobni qisqartirishdi - 3:1.

Shunday qilib, O'zbekiston U-23 terma jamoasi musobaqadan oldingi so'nggi bahsda 3:1 hisobida g'alaba qozondi.  9 yanvar kuni terma jamoamiz musobaqaning 1-turini Eronga qarshi o'tkazadi.


O'rtoqlik uchrashuvi. 

O'zbekiston U-23 - Qatar U-23 - 3:1

Gollar: Bobir Abdixoliqov 40, - 1:0. Husniddin Aliqulov 44, - 2:0. Bobir Abdixoliqov 70, - 3:0. Muhammad Vaad 78, - 3:1.

O'zbekiston U-23: Abduvohid Ne'matov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullaev, Aziz G'aniev, Nurillo To'xtasinov, Jasur Yaxshiboev, Bobur Abdixoliqov, Ilhom Alijonov, Husniddin Aliqulov, Sanjar Qodirqulov.
Zaxira: Mashxur Muhammadjonov, Nizomiddin Ziyovutdinov, Dilshod Saitov, Sherzod Nasrullaev, Oybek Rustamov, Abror Ismoilov, Islom Kenjaboev, Doston Ibragimov, Oybek Bozorov, Sharof Muhiddinov, Aziz Amonov, Mirjahon Mirahmadov.



foto: O'FA matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia