O'rtoqlik uchrashuvi: “Bunyodkor” - “Buxoro” – 2:2

O'yin amaliyotini meyorda ushlab turish maqsadida, hozirda oliy liga jamoalari o'rtoqlik uchrashuvlarida kuch sinashishmoqda. Kecha “Bunyodkor” futbol maktabi o'yingohida mezbonlar “Buxoro” jamoasi bilan o'rtoqlik maqomida maydonga tushishdi.

“Bunyodkor”ning to'rt nafar a'zosi milliy terma jamoa yig'inida bo'lgani sabab, murabbiylar bir qator yoshlarga imkon berishdi. Darvozani Akbar To'raev qo'riqlagan bo'lsa, qanot yarim himoyalari Alibobo Rahmatullaev va Sardor Rashidovlarga ishonib topshirildi. Akmal Shorahmedov poziciyasini esa, bu safar tajribali Artyom Filiposyan to'ldirdi.

Uchrashuvda hisob mehmonlar tomonidan ochildi. So'nggi himoyachi sifatida xarakatlanayotgan Xayrulla Karimov to'p to'xtatishda texnik xatoga yo'l qo'ydi va darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borgan Voxid Shodiev kuchli zarba bilan dastlabki to'p muallifi bo'ldi.

Mezbonlarga hisobni tenglashtirish uchun 10 daqiqa kifoya qildi. Sardor Rashidov tomonidan oshirilgan burchak zarbasini Lutfulla To'raev boshi bilan dorvoza ichiga yo'llab, muvozanatni tikladi.

“Bunyodkor”ning serbiyalik legioneri Marko Blajich 2-davradan boshlab maydon markazida xarakatlanayotgani o'z samarasini bermoqda. Kechagi o'yinda ham u markazdan bir qancha xavfli reydlar uyushtirdi. 21-daqiqada Blajich maydon markazidan darvoza tomon navbatdagi reydni amalga oshirdi. O'z yo'lida u mehmonlarning bir nechta o'yinchisini aldab o'tdi. Jarima maydoniga yorib kirganda esa, buxoroliklar uni yiqitishdan o'zga chora topa olmadilar. Penaltini Oleksandr Pishur aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo'lim nihoyasida hisob tenglashishi mumkin edi: Akbar To'raev to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi va mezbonlarni muqarrar goldan darvoza to'sini qutqardi.

Ikkinchi bo'limda murabbiylar ko'plab o'zgarishlarni amalga oshirdilar. Bu bilan o'yin surati o'zgarmadi. Lekin gol kiritish faqat mehmonlarga nasib qildi. O'yin tugashiga 5 daqiqa qolganda mezbonlar o'z jarima maydonlarida Otabek Valijonovni yolg'iz qoldirdilar va “Buxoro” hujumchisi muvozanatni tikladi – 2:2.

“BUNYODKOR” – “BUXORO” 2:2 (2:1)

Gollar: Lutfulla To'raev (15), Oleksandr Pishur (21,penalti) – Voxid Shodiev (5), Otabek Valijonov (85).

“Bunyodkor”: Akbar To'raev, Artyom Filiposyan, Xayrulla Karimov (Dilshod Jo'raev, 46), Anvar G'ofurov, Sahob Jo'raev (Javlon Mirabdullaev, 46), Alibobo Rahmatullaev, Javlon Ibroximov, Lutfulla To'raev (Igor Taran, 56), Marko Blajich (Sardor Sobirxo'jaev, 53), Sardor Rashidov, Oleksandr Pishur (Anvar Berdiev, 56).


Manba: bunyodkor.com