O'rtoqlik o'yini. Jasur Yaxshiboev dubl qayd etdi

Alisher
9 mar 2020, 11:06
Yaqinda "Energetik-BGU" safiga o'zbekistonlik Jasur Yaxshiboev qo'shilgan edi.

Transfer huquqi "Paxtakor"ga tegishli bo'lgan futbolchi yangi jamoasidagi navbatdagi o'yinda ham gol urishga erishdi.

"Sputnik"ga qarshi o'tgan o'rtoqlik o'yinida hamyurtimiz dubl qayd etdi. O'yin esa jangovar, 2:2 hisobida yakunlandi.

Bundan oldingi o'rtoqlik o'yinida, yani "Ximik Svetlogorsk" (4:0) ga qarshi kechgan o'yinda ham Yaxshiboev o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan edi.

Eslatib o'tamiz, "Energetik-BGU" Belarus chempionatidagi ilk o'yinini favorit, BATEga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia