O'rtoqlik o'yini. Benzema va Asensioning gollari “Real”ga “Yuventus” ustidan g'alaba keltirdi

Eldor Akmurzayev
31 iyul 2022, 09:15
Mavsumga tayyorgarlik AQSHda olib borayotgan La Liga va A Seriya grandlari “Real” hamda “Yuventus” o'zaro to'qnash keldi.

Uchrashuvda hisob 1-taym o'rtalariga yaqin Karim Benzema tomonidan penaltidan tepilgan aniq zarbadan keyin ochildi.

2-bo'limda esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan Marko Asensio Xesus Valexoning uzatmasini golga aylantirdi va uchrashuv 2:0 hisobida Karlo Anchelotti shogirdlarining g'alabasi bilan tugadi.

“Qaymoqranglilar” mavsumoldi oxirgi o'yinini 10 avgustda “Ayntraxt”ga qarshi o'tkazadi. “Yuve” esa 7 avgustda “Atletiko” bilan kuch sinashadi.

"Real Madrid" Ispaniya – "Yuventus" Italiya 2:0 (1:0, 1:0)

"Rouz Boul"

Gollar: 1:0 – 19, penalti Benzema, 2:0 – 69 Asensio.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Nacho, 63), Alaba (Valexo, 64), Militao (Ryudiger, 46), Mendi (Vaskes, 64), Modrich (Tchuameni, 64), Kroos (Sebalos, 64), Kazemiro (Kamavinga, 64), Valverde (Asensio, 64), Benzema (Rodrigo, 64), Vinisius Junior (Azar, 63).

"Yuventus" – Perin (Pinsolo, 70), Danilo (Da Graka, 76), Bonuchchi (Gatti, 64), Bremer (Rugani, 70), Aleks Sandro (Pellegrini, 70), Lokatelli (Kadrig, 76), Zakariya, Fajoli (Rovella, 64), Di Mariya (Kuadrado, 46), Kin (Barberi, 76), Vlaxovich (Ake, 64; Soule, 70).

Ogohlantirishlar: Asensio (83).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia