

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisi Muhammadali O'rinboev 12 oktyabr kuni Qozog'istonga qarshi birinchi uchrashuvda o'zini noqulay his qilib, maydonni tark etgan edi.
Tibbiy tekshiruvlardan so'ng futbolchi orqa son mushak qismidagi jarohati sababli 3-4 haftaga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi. Ayni damda u Belgiya klubi shifokorlarining nazorati ostida tiklanish jarayonlarini olib bormoqda.



