Ore APL klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
8 sen 2022, 10:35
"Nottingem Forest" o'zining rasmiy saytida Kot-d'Ivuar termasi himoyachisi Serj Ore bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Futbolchi erkin agent hisoblanadi, shuning uchun u Angliya klubiga tekinga tushdi. Tomonlar 2023 yilning yoziga qadar shartnoma imzolashdi.

29 yoshli Ore bungacha "Lans", "Tuluza", PSJ, "Tottenxem" va "Vilyarreal" klublarida to'p tepgan. Kot-d'Ivuar terma jamoasi safida 81 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: nottinghamforest.co.uk